Samsung’ning bu smartfoni ham Mi Mix 3, ham Mi Mix Alpha’ga o‘xshaydi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1590
  •  12.11.2020 11:02

Samsung’ning bu smartfoni ham Mi Mix 3, ham Mi Mix Alpha’ga o‘xshaydi! (+video)

LetsGoDigital saytida Samsung korporatsiyasi tayyorlayotgan potensial flagman smartfonning sifatli render suratlari va videosi e’lon qilindi. Ularning barchasi patent suratlari asosida yaratilgan, ya’ni bular «jonli» rasm va video emas.

O‘QING: Samsung Xiaomi'dan "o‘g‘irlasa" qanday bo‘ladi?

Tuzilishiga ko‘ra, bu – Xiaomi korporatsiyasining Mi Mix 3 flagmaniga o‘xshash slayder bo‘lib, yig‘ilgan holatida uning kameralari korpusning ichida qoladi. Devaysning old tomoni «sharshara ekran» bilan to‘liq qoplangan – uning barcha qirralari qayrilma shaklda ishlab chiqilgan.

Shu bilan birga, mazkur smartfonning orqa panelida ham shunaqa displey joylashgan! Bu jihatiga ko‘ra esa u bultur taqdim etilgan konseptual flagman – Xiaomi Mi Mix Alpha modelini eslatadi.

Patentda yozilishicha, smartfon korpusi shaffof «akril material»dan ishlangan. Qurilmada old kamera ko‘rinmaydi, lekin uning keragiyam yo‘q: selfi uchun bosh kameraning o‘zini qo‘llash mumkin – bunda tasvirni orqa ekranda ko‘rib turish imkoni mavjud. Biroq displey ostida baribir yashirin kamera bo‘ladi, smartfon u orqali foydalanuvchining ayni damda qaysi ekranga qarayotganini aniqlaydi.

O‘QING: Xiaomi kutilgan qurilmasi haqida kutilmagan xabar berdi

Shuningdek, mazkur inqilobiy telefonda daktiloskop, stereodinamiklar va boshqa datchiklar – barchasi ekran ostiga joylanadi. Samsung’ning antiqa smartfoni haqida quyidagi render video yaxshiroq tasavvur bera oladi:

Gadjetning korpusida ko‘rinib turuvchi biror tugmacha ham, port ham yo‘q. Patent hujjatlarida tavsiflanishicha, qurilmani yoqish va ekranni qulfdan chiqarish uchun «pezoelektrik datchik» qo‘llanadi. Shuningdek, unda moddiy SIM-karta uyachasi ham bo‘lmasa kerak – patentda eSIM va simsiz quvvatlash texnologiyalari ham tilga olingan.

Samsung bunday smartfonni sotuvga chiqarish-chiqarmasligi noma’lum, balki konseptual model sifatida taqdim etar. Lekin uning nomi xususida ham, namoyish vaqti haqida ham biror ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Apple endi kelib-kelib Xiaomi’dan nusxa ola boshladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!