Samsung’ning buyuk yolg‘oni: dekabrda chiqayotgan Galaxy S10 Lite – umuman yangi smartfon emas ekan!

  •   DiMaX
  •  2333
  •  25.11.2019 13:16

Samsung’ning buyuk yolg‘oni: dekabrda chiqayotgan Galaxy S10 Lite – umuman yangi smartfon emas ekan!

Yetakchi smartfonsoz bu yilgi flagman smartfonlari turkumining arzonlashtirilgan versiyasi – Galaxy S10 Lite modelini tayyorlamoqda. AQShning Aloqa federal komissiyasi (Federal Communications Commission, FCC) ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lganiga qaraganda, uni dekabrdayoq namoyish etib, sotuvga ham chiqarishadi.

O‘QING: S10/S10+ "Lite"mi, S10 Lite "Lite"mi?

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) esa bu modelning umuman yangi smartfon emasligini da’vo qilmoqda. Uning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Galaxy S10 Lite degani – o‘rta narxli smartfonlar turkumidagi ilk 5G-flagmani – Galaxy A90 5G (uni yana Galaxy A90s deb ham atashadi) rusumli qurilmasining aynan o‘zidir. Kompaniya shunchaki rebrending qilib – bitta smartfonni ayrim bozorlar uchun yangi nomda chiqarmoqchi, xolos!

  • Ta’kidlash kerakki, Galaxy A90 5G modeli oddiy Snapdragon 855 protsessori hamda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlash uchun alohida modem bilan ta’minlangan. Uning rebrending qilingani – Galaxy S10 Lite smartfoni 128 GBlik ichki xotiraga ega bo‘lib, oq va qora korpuslarda chiqarilishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti