Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A22’ni har tomonidan ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  8200
  •  20.04.2021 10:59

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A22’ni har tomonidan ko‘rsatishdi!

Janubiy koreyalik texnogigantning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon telefoni hozir Galaxy A32 5G bo‘lib turibdi. Lekin Galaxy M seriyasidagi ilk 5G-smartfon hatto undan ham arzon chiqishi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Galaxy M42 5G surati va taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi

Bulardan tashqari, kompaniya Samsung Galaxy A22 (yoki Galaxy A22 5G) rusumli smartfon ham tayyorlamoqda. Samsung’ning mazkur yangi devaysi, nihoyat, Realme hamda Redmi kabi arzonchi brendlarning 5G-smartfonlari bilan raqobatga kirisha oladi, deyishmoqda.

Ushbu model hali rasman e’lon qilinmasidan ham avval uning g‘ilofi sotuvga chiqdi. Aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bu bilan Galaxy A22 dizaynini sotib qo‘ydi – u Galaxy M62 hamda Galaxy F62 modellariga o‘xshab ketar ekan.

Galaxy A22 5G modeli MediaTek Dimensity 700 turkumidagi 5G-protsessor bazasida tayyorlanadi va 185 AQSh dollari atrofida narxlanadi. Keyinroq bu smartfonning MediaTek Helio turkumiga mansub chipset bazasidagi 4G-versiyasi ham taqdim etilishini kutish mumkin.

O‘QING: Samsung chiqarib ulgurmagan Galaxy A82 ilk anboksing videoda!

O‘tgan oyda sizib chiqqan ma’lumotga ko‘ra, Galaxy A22 modelida 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat kvadrokamera qo‘llanadi. Selfi-kameraning aniqligi esa 13 megapiksellik bo‘lib, u displeyning tomchisimon kemtigiga o‘rnatilmoqda. Buni esa ekranning himoya shishasi ham tasdiqlab turibdi.

4G hamda 5G talqinlaridagi Galaxy A22 smartfonlari xaridorlarga tezkor xotirasi 3/4/6 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 32/64/128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi. Lekin uning namoyish sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!