Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A32 ilk suratlarda!

  •   DiMaX
  •  11616
  •  27.11.2020 16:02

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A32 ilk suratlarda!

Janubiy koreyalik korporatsiya kuni kecha Galaxy A12 va Galaxy A02s smartfonlarini taqdim etgan edi. Endi esa Samsung beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi hamyonbop telefonni tayyorlamoqda.

O‘QING: Samsung’ning bepul servisi 26 xil smartfonda paydo bo‘ldi

Bilamizki, Samsung hozirgacha chiqargan eng arzon 5G-smartfon Galaxy A42 modeli hisoblanadi, lekin u raqobatchilarnikidan ikki karra qimmat ekan. kompaniya tayyorlayotgan yangi qurilma esa Galaxy A32 5G deb nomlanadi va undan arzon bo‘lishi aniq.

Ishonchli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) kutilayotgan smartfonning birinchi render suratlarini va ayrim texnik jihatlari haqidagi ma’lumotlarni ulashdi. Unga ko‘ra, Galaxy A32 5G displeyida selfi-kamera uchun kemtik bo‘ladi, barmoq izi skaneri esa korpusning yon qirrasiga o‘rnatiladi.

Galaxy A32 5G quvvat olish va ma’lumot almashish uchun USB-C portiga, shuningdek, standart quloqchin tirqishiga ega. Uning bosh kamerasi uchta datchikni va qo‘shaloq LED-chaqnoqni o‘z ichiga oladi. Mish-mishlarga ko‘ra, undagi asosiy sensor 48 megapiksellik bo‘ladi.

Smartfonning protsessori va boshqa xususiyatlari borasida hozircha ma’lumot yo‘q. Uning taqdimoti esa keyingi yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tsa kerak.

O‘QING: Samsung birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfonini tayyorladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!