Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

  •   DiMaX
  •  9050
  •  29.06.2020 17:49

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy A01 Core rusumli eng arzon smartfonini tayyorlagan va biz uning suratini ham chiqarganmiz. Shu bilan birga, kompaniya beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi yangi modellar ustida ham ishlamoqda.

O‘QING: Galaxy M51 sal kechroq, Galaxy S20 Lite esa ertaroq chiqadi

Sammobile nashrining yozishicha, kompaniya Galaxy A42 rusumli smartfonini tayyorlamoqda va u Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni bo‘ladi. Kompaniya uni yaqinda o‘zi taqdim etgan protsessor – Exynos 880 5G bazasiga quradimi yoki Qualcomm‘ning eng arzon 5G-chipseti – Snapdragon 690 asosida ishlab chiqadimi, yo bo‘lmasa Mediatek kompaniyasining biror protsessorini qo‘llaydimi – bunisi hozircha noma’lum.

Biroq insayderlar Galaxy A42 smartfonining boshqa ayrim jihatlari haqida ma’lumotlar berishgan. Ularga ko‘ra, bu telefon SM-A426B katalog raqami ostida tayyorlanmoqda va uning yanada arzonroq, 5G’ni qo‘llamaydigan varianti bo‘lmaydi.

Ushbu smartfon 128 gigabaytgacha bo‘lgan hajmlardagi ichki xotira bilan, oq, qora va kul rang korpuslarda taklif etiladi. Samsung uning namoyishini joriy yilning oxirrog‘ida o‘tkazadi.

O‘QING: Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.