Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42’ning so‘nggi siri ochildi!

  •   DiMaX
  •  3072
  •  23.09.2020 10:12

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42’ning so‘nggi siri ochildi!

Samsung kompaniyasi yaqinda o‘zining eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 modelini rasman namoyish etgan. Garchi bu taqdimot to‘laqonli bo‘lmagan, gadjetning ayrim xususiyatlari qatori, narxi ham mavhumligicha qolgan esa-da, keyinroq...

O‘QING: Galaxy A42 5G anboksing videosi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni boshqalarnikidan ikki karra qimmat ekan!

Kecha esa Qualcomm kompaniyasi o‘zining yangi mahsuloti – Snapdragon 750G chipsetini taqdim etdi. O‘rta narxli smartfonlarga mo‘ljallangan ushbu protsessor tarkibiga Snapdragon X52 rusumli 5G-modem ham kiritilgan.

Qualcomm ushbu chip bazasidagi smartfonlarning shu yil oxirigacha bozorga chiqishini, ulardan birini Xiaomi taqdim etishini aytgan. Biroq Samsung kompaniyasida allaqachon Snapdragon 750G protsessorli smartfon bor. Bu – o‘sha Galaxy A42 5G modeli bo‘lib, uning rasmiy namoyishida «elektron yuragi» aniq aytilmagan edi.

Endi ma’lum bo‘lishicha, Samsung Galaxy A42 5G modeli Snapdragon 750G chipsetiga asoslangan bozordagi ilk smartfon ekan. O‘shanda mazkur chipset hali rasman taqdim etilmagani uchun, Samsung uning nomini aytmagan.

O‘QING: Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!