Samsung'ning eng kutilgan smartfoni chiqmaydigan bo‘ldi

Samsung'ning eng kutilgan smartfoni chiqmaydigan bo‘ldi

Samsung o‘zining hamyonbop flagmani — Galaxy S21 FE'ni avgust oyidagi Galaxy Unpacked marosimida taqdim qilishi kutilgan edi, biroq taqdimot kechikib, smartfon oktyabr oyida alohida taqdimot bilan namoyish qilinadigan bo‘lgandi.

O‘QING: Samsung Galaxy M52 5G taqdim qilindi

Holbuki, Janubiy Koreyadan berilgan eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, S21 FE umuman taqdim qilinmaydigan bo‘ldi. Xabarda Galaxy Z Flip3 smartfoni savdosi a’lo darajada ketayotgani hamda smartfon chiplari yetishmayotgani ham aytib o‘tilgan.

Samsung oktyabr o‘rtlariga Unpacked marosimini rejalashtirayotgan edi, lekin kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, reja bekor qilingan.

Galaxy Z Flip3 sotuvlari esa yaxshi ketmoqda. Mazkur smartfon Snapdragon 888 chipsetida ishlaydi. Galaxy S21 FE ham ayni platformada ishlashi aytilgandi.

Chip ishlab chiqarish liniyalaridagi noaniqliklar Samsung'ni qiyin vaziyatga solib qolmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!