Samsung’ning eng oshkor siri: insayderlar allaqachon Galaxy A82 5G rasmiy videosini ham tarqatishdi!

  •   DiMaX
  •  995
  •  08.05.2021 10:13

Samsung’ning eng oshkor siri: insayderlar allaqachon Galaxy A82 5G rasmiy videosini ham tarqatishdi!

Galaxy A82 smartfoni haqidagi ilk ma’lumotlar shu yilning mart oyida paydo bo‘lgan edi. Garchi Samsung kompaniyasining o‘zi uni rasman e’lon qilmagan ham bo‘lsa-da, biz allaqachon uning anboksing videosini ham namoyish etganmiz. Kuni kecha esa...

O‘QING: Galaxy A82 5G rasman e’lon qilinmay turib Samsung saytiga chiqdi

Odatda ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining yangi mahsulotlariga qiziqishni ushlab turish uchun, to taqdimotgacha ularning xususiyatlarini maxfiy saqlab turishadi. Galaxy A82 5G smartfoni esa Samsung kompaniyasining eng zaif saqlanayotgan siri bo‘lsa kerak.

Mashhur XDA Developers resursi muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) allaqachon Twitter sahifasida ushbu qurilmaning rasmiy reklama roligini ham e’lon qildi.

Samsung o‘tgan oyda kvant himoyasiga ega bo‘lgan Galaxy Quantum 2 smartfonini namoyish etgan edi. Galaxy A82 5G ayni shu modelning tashqi bozorga mo‘ljallangan va kvant himoyasini ta’minlovchi QRNG chipidan mahrum etilgan versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

 O‘QING: Snapdragon 865 chipli smartfon 485 dollardan: Galaxy S20 FE yangi versiyada sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.