Samsung’ning navbatdagi arzon smartfonlari – Galaxy M51 hamda M31s haqida xushxabarlar bor!

  •   DiMaX
  •  1288
  •  22.05.2020 12:57

Samsung’ning navbatdagi arzon smartfonlari – Galaxy M51 hamda M31s haqida xushxabarlar bor!

Janubiy koreyalik korporatsiya arzon smartfonlar turkumida Galaxy M51 va Galaxy M31 modellarini tayyorlayotgani ma’lum. Ularning ham, sig‘imdor batareyadan tashqari, naq 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan taqdim etiladi.

O‘QING: Galaxy M51 va Galaxy M31s arzon smartfonlari ham flagmancha xususiyatga ega bo‘lyapti

91mobiles resursi ularning har ikkalasiga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Galaxy M31s modelini Samsung keyingi haftada yoki iyunning boshidayoq namoyish qiladi. Galaxy M51 taqdimoti esa iyun oyi oxirlariga rejalashtirilgan.

Yana bir jihat – ushbu arzon smartfonlarning ikkalasi ham kvadrokameraga ega bo‘lib, asosiy datchik sifatida 64 megapiksellik Samsung ISOCELL GW1 sensori qo‘llanadi. Aaytish kerakki, avvalgi xabarlarda Galaxy M51 modelining bosh kamerasi uch modulli deyilayotgan edi.

Smartfonlarning ikkalasi ham Android 10 operatsion tizimi bazasidagi One UI 2.0 grafik qobig‘i bilan chiqariladi. Galaxy M51 modelining daktiloskopi disrleyga integratsiya qilinishi ham mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonining daktiloskopini ikki karra tezlashtiramiz!

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!