Samsung’ning navbatdagi bestselleri – Galaxy A52 5G birinchi «jonli» rasmlarda!

  •   DiMaX
  •  2206
  •  22.01.2021 11:48

Samsung’ning navbatdagi bestselleri – Galaxy A52 5G birinchi «jonli» rasmlarda!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy A50 smartfoni 2019 yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan telefon edi. 2020 yilda esa uning o‘rniga Galaxy A51 modeli eng bestseller bo‘ldi. Endi bu yilga kelib, ularning izdoshi – Galaxy A52 (yoki Galaxy A52 5G) ham shunday yutuqqa erishmog‘i kutilmoqda. Lekin...

O‘QING: O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

Shu paytgacha Galaxy A52 5G modelining Geekbench benchmarkidagi test natijalari, shuningdek, birinchi render suratlari chiqqan edi. Insayderlar endi uning ilk «jonli» olingan rasmini tarqatishdi; aniqrog‘i – unda smartfonning orqa paneli ko‘rsatilgan.

Qurilmaning bosh kamera blogi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, unda beshta tirqishni ko‘ramiz: ulardan biri LED-chaqnoqqa mo‘ljallangan. Galaxy A52’ning diagonaliga 6,5 dyuymlik AMOLED-ekrani yupqa romli, yuqori qismining o‘rtasida old kamera tirqishiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung ko‘rinmas kamerali Galaxy Note 21 Ultra’ni videoda ko‘rsatdi!

Oldinroq chiqqan xabarlarda Samsung Galaxy A52 korpusi plastikdan ishlanib, o‘lchamlari 159,9x75,1x8,4 millimetrni tashkil etishi aytilgan. Yana bir «jonli» suratda esa uning orqa paneli pastki tomonidan ko‘rsatilmoqda. Unga ko‘ra, smartfon korpusining ostki qirrasida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda USB-C porti joylashgan.

Samsung mazkur smartfonini Snapdragon 750G protsessori bazasida tayyorlamoqda. Yaqinda uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan versiyasi – Galaxy A52 4G ham chiqishi ma’lum bo‘lgan – uni allaqachon Geekbench servisida sinab ko‘rishgan.

O‘QING: 15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.