Samsung'ning Neon virtaul «odam»i sizdan ishingizni tortib olmaydi!

Samsung'ning Neon virtaul «odam»i sizdan ishingizni tortib olmaydi!

CES 2020 ko‘rgazmasida Samsung o‘zining eng noodatiy mahsuloti - «Neon»ni taqdim etgani haqida yozgandik. Samsung'ning o‘zi ham ushbu loyihani tavsiflovchi aniq atamani hali ayta olmadi. Umuman olganda, Neon sun’iy intellektga ega virtual «odam»dir.

Bunda, Neon ovozli yordamchilar sifatida ishlatilmaydi. Neon virtaul «odam»lari, Samsung‘ning aytishicha, murabbiy, boshlovchi va aktyorlar o‘rnida qo‘llanishi mumkin.

Shuni aytish kerakki, kompaniya bunday virtual shaxslar haqiqiy odamlardan ishlarini tortib olmaydi, deb hisoblamoqda. Loyihada ishtirok etgan Samsung STAR Labs vakili Neon'lardan yangiliklarni olib boruvchi shaxs sifatida foydalanilish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy ongli Neon bu amaliyotni kechki soatlarda olib boradi, ya’ni haqiqiy insonning ish joyi uchun da’vo qilmaydi.

Biroq, Samsung vakili bilan bo‘lgan suhbatdan shu narsa ko‘rinib turibdiki, kompaniyaning o‘zi ham Neon virtual «shaxs»lari qanday, qachon va qayerda ishlatilishini aniq bilmaydi.

O‘QING: CES 2020 tadbirida Samsung «sun’iy odam» taqdim etadi! (+rasmiy video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.