Samsung'ning Note 10'ini unuting. Mana, sotib olishga arziydigan smartfon!

Samsung'ning Note 10'ini unuting. Mana, sotib olishga arziydigan smartfon!

Samsung Galaxy Note 10'ning boshqalardan hozircha bitta eng katta afzalligi bor. Ammo Galaxy S11 uni "yer tishlatishi" haqidagi gaplar allaqachon paydo bo‘lmoqda. Lekin bu yerda muammo shundan iboratki, S11 olti oydan so‘ng taqdim qilinadi, biroq nima bo‘lsa ham, Note'ning "qotil"i o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymaydi.

Samsung Galaxy S11'da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

 

Juda katta ma’lumotlarni oshkor qilib, Twitter'da qo‘ygan postlarida Samsung insayderi Ice Universe yangi seriya Note flagmani bilan yaqinda e’lon qilinishi kutilayotgan Huawei Mate 30 Pro'ning kameralarini taqqoslaydi. Uning yozishicha, bu borada Samsung o‘zidan boshqa hech kimni ayblay olmaydi. 

Insayder Note 10'ning kamerasi Mate 30 Pro'ning asosiy modulidan uch marta kichikroq bo‘lishini ko‘rsatish uchun masshtabli tasvirlardan foydalangan. Huawei'ning flagmanidagi hattoki ikkinchi kamera ham Note'nikidan ikki barobar kattaroq bo‘ladi. Ma’lumot uchun, kattaroq ob’yektivlar ko‘proq yorug‘likni tasvirga olish imkoniga ega bo‘ladi. Yorug‘lik esa tasvir sifatini baholashdagi eng muhim moddiy jihat sanaladi.

Insayder Note 10'ning kamerasi Mate 30 Pro'ning asosiy modulidan uch marta kichikroq bo‘lishini ko‘rsatish uchun masshtabli tasvirlardan foydalangan

 

“Ko‘pchilik [ikkala smartfon o‘rtasidagi] farq qanchalik kattaligini tushunmaydiganga o‘xshaydi... Kameraning texnik ta’minoti borasida Note 10 Mate 30 Pro'dan ustun kelishining hech qanday imkoni yo‘q“, deya izohlaydi Ice Universe.

Bundan tashqari, insayder farq nega bunchalik katta ekanligini ham tushunturib o‘tadi. Uning aytishicha, Galaxy Note 10'da 2016 yil boshida chiqqan Galaxy S7'dagi bilan bir xil kamera sensori qo‘llaniladi. Shunday qilib, yangi Note ketma-ketlikda bir xil sensordan foydalanayotgan sakkizinchi Galaxy flagmaniga aylandi. Huawei esa oxirgi uch yildan buyon qurilmalariga o‘rnatiladigan kameralarni kattalashtirib kelmoqda, Mate 30 Pro'da esa ular ikki karra kattalashtiriladi.

Ha, to‘g‘ri, Samsung eskirib borayotgan apparat ta’minotiga "kompensatsiya" sifatida mukammallashtirilgan tasvirga ishlov berish texnologiyasini taqdim qilmoqda, lekin bu usul muammoni hal qilgani yo‘q, shunchaki kamchilikni yashirib turibdi xolos. Aynan mana shu "xurmacha qiliqlari" bois Galaxy smartfonlari standard darajadan tushib ketdi. Hozirda iPhone, Mate va Pixel lineykalaridan ham quyiroqda. Mate 30 Pro haqida gap ketganda aytish mumkinki, uning "akasi"dan hozirda smartfon kameralari sanoatida boshqa smartfonlar modullari sifat darajasini belgilshda qiyos sifatida foydalaniladi. Qizig‘i, unda atigi bitta kamera bor.

Ba’zilar uchun kamera sifati smartfon tanlayotganda eng muhim omil bo‘lmasligi mumkin. Biroq Ice oshkor qilgan kamchiliklar xamir uchidan patir bo‘lishi mumkin.

Smartfonning ishlashiga to‘xtalsak, taniqli insayderlardan Evan Blass (aka EvLeaks) Samsung yangi Note'ga keyingi avlod Snapdragon 855+ chipini o‘rnatmasligini ma’lum qildi. Vaholanki, Mate 30 Pro'da yangi Kirin 990 chipi debyut qilinadi. 

Huawei Mate 30 Pro'ning konsepsiyasiga tayanib yaratilgan tasvir

Bundan tashqari, Huawei'ning yangi smartfoni akkumulyator sig‘imi ham Note 10'nikidan, ham Note 10+ nikidan kattaroq bo‘ladi. Narxi esa, ikkalasinikidan ham arzonroq! Koreyslarning yangi devaysida audio jek ham bo‘lmasligi katta kamchilikdir. 

S11 ga qaytaylik. To‘g‘ri, smartfon keyingi yildan chiqarila boshlaydi, lekin bu yil smartfoningizni yangilamoqchi bo‘lsangiz, aqlli tanlov qilib, Huawei'ni tanlaganingiz ma’qulroq.

O‘QING: "5G Fighting Championship": Galaxy Note 10 5G vs. Galaxy S10 5G

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!