Samsung'ning qimmatbaho Galaxy Buds+ quloqchinlariga bepul ega bo‘ling!

Samsung'ning qimmatbaho Galaxy Buds+ quloqchinlariga bepul ega bo‘ling!

Tarmoqda Samsung Galaxy S20 smartfonlari flagman seriyasining yaqindagi anonsi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarqalishi davom etmoqda. Bu safar batafsil tafsilotlar bilan tarmoqning nufuzli informatori Evan Blass o‘rtoqlashdi.

Blass Twitter'dagi sahifasida ko‘rinishidan rasmiy bo‘lgan poster qoldirdi. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy Buds+ simsiz quloqchinlarini Galaxy S20+ va Galaxy S20 Ultra smartfonlariga oldindan buyurtma berish orqali bepul qo‘lga kiritish mumkin.Posterga ko‘ra, Galaxy S20'ga oldindan buyurtmalar uchun Galaxy Buds+ taqdim qilinishi ko‘zda tutilmagan.

Naushniklarning o‘ziga kelsak, Galaxy Buds+ ning narxi oldingi avlodlariga qaraganda sezilarli darajada, ya’ni taxminan 50% ga oshishi taxmin qilinmoqda.

Flagman Samsung Galaxy S20 lineykasining taqdimoti 11-fevral kuni o‘tkaziladigan Galaxy Unpacked tadbirida bo‘lib o‘tadi. Samsung Galaxy Buds+ naushniklari taqdimoti ham smartfonlar bilan bir vaqtda o‘tkazilishi mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy S20, S20+, va S20 Ultra'larning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!