Samsung'ning yana ikki smartfonlari uchun Android 12 tarqatilmoqda

Samsung'ning yana ikki smartfonlari uchun Android 12 tarqatilmoqda

Samsung Galaxy A32 5G smartfonlari Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 yangilanishini Tailand uchun A326BXXU4BVC8 va Koreya uchun A326KKSU3BVC7 proshivka versiyasi ko‘rinishida qabul qilishni boshladi. Yangilanish telefonning SM-A326B va SM-A326K (koreys) variantdagilari uchun bo‘lib, u 2022-yil mart oyi xavfsizligi bilan keladi. Afsuski, yangi versiya hozircha Galaxy A32 ning faqat 5G modellari uchun tarqatilmoqda, lekin tez orada 4G modellar uchun ham yangilanish tarqatilishi boshlanishi mumkin.

Shuningdek, yana Janubiy Koreya kompaniyasining yana bir o‘rta byudjetli smartfonlaridan biri, Galaxy A71 4G ham bir necha hafta oldin Android 12 ga asoslangan One UI 4.0 yangilanishini qabul qilishni boshlagan, lekin bu Gonkong hududi uchun edi xolos. Endilikda kompaniya One UI 4.1 yangilanishi, A715FXXU8CVC3 proshivka versiyasini global tarqatishni boshladi va u hozirda Rossiya, Polsha va Panama hududlari uchun mavjud.

Galaxy A32 5G va Galaxy A71 4G smartfonlarining yuqorida aytib o‘tilgan hududlardagi egalari yangilanish kelganida bildirishnoma qabul qiladilar, aks holda esa yangilanishni qo‘lda qabul qilib olish ham mumkin. Buning uchun smartfon sozlamalar ilovasiga kirib, eng pastdagi dasturiy ta’minot yangilanish sahifasiga kirish va yangilanishni tekshirish kerak bo‘ladi. Odatda, dasturiy ta’minotni bosqichma-bosqich hamma uchun tarqatilishiga bir necha kun ketadi, shunday ekan qurilmangizda yangilanish so‘rovini ko‘rmasangiz, tashvishlanmang.

O‘QING: Statistika: Android 12 toshbaqa tezligiga tarqalmoqda

 
 
 
 
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!