Samsung’ning yangi avlod eng arzon smartfoni – Galaxy M10s ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1388
  •  19.09.2019 11:18

Samsung’ning yangi avlod eng arzon smartfoni – Galaxy M10s ham chiqdi!

Janubiy koreyalik texnogigant Hindistonda kecha Galaxy M30s qurilmasini namoyish etgani haqida xabar bergandik. Ushbu tadbirda kompaniya M-seriyadagi eng arzon smartfonning yangilangan versiyasi – Galaxy M10s’ni ham taqdim etgan.

O‘QING: Galaxy M10s'ning foydalanuvchi qo‘llanmasi paydo bo‘ldi

Eng arzon turkumning kenjasi – Galaxy M10 smartfoniga nisbatan, uning yangilangan versiyasi birmuncha yaxshilangan. PLS-matritsa o‘rniga unda endi Super AMOLED-ekran qo‘llangan; diagonaliga 6.4 dyuymlik displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida.

Smartfonning tezkor/ichki xotiralari 3/32 gigabaytlik bo‘lib, microSD uchun ham ikkita SIM-karta uyachasidan alohida slot ajratilgan. Shuningdek, unga sakkiz yadroli Exynos 7884B protsessori o‘rnatilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u Galaxy M10 modelidagi Exynos 7870 chipiga nisbatan ikki karra tezkor.

Galaxy M10s yanada sig‘imdor – 4000 mA/soatlik akkumulyatorga ega va u 15 vattlik usulda tezkor quvvat oladi. Smartfonning bosh kamerasi qo‘shaloq – 13 megapiksellik asosiy va 5 megapiksellik qo‘shimcha datchiklar. Bulardan ikkinchisi 120 darajali ko‘rish burchagiga ega keng burchakli ob’yektivga ega. Old kamera 8 megapiksellik, barmoq izi skaneri orqa qopqoqda.

One UI interfeysli Android 9 Pie boshqaruvi ostida ishlaydigan Galaxy M10s smartfoni Hindistonda 29 sentyabrdan, 130 dollarga teng narxda sotuvga chiqariladi. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa allaqachon global bozorga chiqarilgan har xil Samsung telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: Galaxy A20s namoyish kuni, narx va jihatlarini aytayotib, Samsung bir narsada yanglishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!