Samsung'ning yangi quvvatlagichi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Samsung'ning yangi quvvatlagichi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Samsung 65 vattlik quvvtalagich ustida ish olib bormoqda. EP-TA865 quvvtlagichi 2020 yilning sentyabrida sertifikatlangandi. So‘ngra shu yilning yanvar oyida zaryadlash vositasining jonli suratlari e’lon qilingan edi.

O‘QING: Apple kompaniyasi iPhone 13 seriyasidagi smartfonlarning quvvatlanish tezligini oshirmoqchi

Endi ushbu qurilma uchun yana bir rasmiy sertifikat paydo bo‘ldi, bu safargi sertifikat Daniya UL (Demko) vakolatxonasi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu sertifikat bundan oldin quvvatlagich haqidagi tarqalgan ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Quvvtalagich 65 vattni smartfonga 20 volt hamda 3.25 amper orqali uzatadi. Shuningdek, quvvtalagichda USB Power Delivery ham mavjud.
Zaryadlash qurilmasi 5V, 9V va 15V portga ega bo‘lgan qurilmalarni ham quvvatlashi mumkin, ya’ni u umumiy PD standartiga mos keladi. Ushbu quvvatlagich orqali boshqa qurilmalar, shu jumladan, ba’zi noutbuklarni ham zaryadlash mumkin.

2022 yil boshida taqdim etilishi kutilyotgan yangi Galaxy S22 seriyasi smartfonlari 65 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, yaqinda taqdim etilishi kutilyotgan Galaxy Z Fold3 ham 65 vatt quvvatlanish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

65 vatt quvvatga ega zaryadlash texnologiyasini Samsung kompaniyasi keyinchalik davom ettiradimi degan savol dolzarb hisiblanadi, chunki Galaxy Note 10+ bilan olib borilgan 45 vattlik tajriba o‘zini oqlamagan edi.

O‘QING: Huawei 90 vattlik tezkor quvvatlash tizimi ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.