Samsung'ning yangi reklama videosi yana Apple'ga qaratilgan

Samsung'ning yangi reklama videosi yana Apple'ga qaratilgan

Samsung Amerika o'zining rasmiy YouTube sahifasiga yangi reklama video-roligini joyladi va u yana Apple'ga qaratilgan.

Videoda Apple tomondagilarning bittasi ikki kompaniya o'rtasidagi devor ustidagi chiqib olib, Samsung tomondagilarda allaqachon buklamafonlar va ajoyib kamerali smartfonlar borligini aytadi. Biroq, boshqa Apple foydalanuvchilari esa "sen u yerga borishni xohlamaysan, biz bularning barchasini bu tomonga kelishini kutyapmiz, biz kutamiz" deydi.

Janubiy Koreya kompaniyasi bu bilan yana o'zining 108MP kamerali Galaxy S22 Ultra smartfoni va buklanadigan Galaxy Z Flip 4 buklamafoniga urg'u bermoqda va Apple foydalanuvchilariga devordan tushish vaqti kelganligini aytib, o'z tomoniga o'tishga undamoqda.

Ta'kidlash joizki, bu Samsung birinchi marta Apple'ni ochiqchasiga masxara qilishi emas. Yaqinda ham kompaniya o'z raqobatchisini innovatsiyalarni o'zlashtira olmaslikda ayblab ustidan kulgan edi.

O'QING: Galaxy S23 seriyasi qachon taqdim qilinishi oshkor bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!