Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  2313
  •  17.09.2019 11:52

Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Janubiy Koreyalik kompaniya Galaxy Fold displeyidagi nosozlik tufayli o‘z xatosini tan olib, uzr so‘rashga majbur bo‘lgandi. Keyin ularning sotuvga qo‘yilganlarini qaytarib olgan, so‘ngroq qayta savdoga chiqarishi aytilgan bo‘lsa-da, sotuvchilar buyurtmalarni bekor qilishgan. Biroq baribir uni ikki xil versiyada qayta chiqarishi hamda sentyabrdan sota boshlashi ma’lum bo‘lgandi.

O‘QING: Samsung yana Galaxy Fold uchun buyurtma ola boshladi!

Ushbu inqilobiy buklama smartfon dastlab o‘z vatanida sotila boshladi, global bozorga esa uni hali ertaga – 18 sentyabrda chiqarishadi. Biroq Gonkong do‘konlari allaqachon Janubiy Koreyadan olib kelingan Galaxy Fold’larni sotuvga chiqarishgan, faqat... naq ikki yarim baravar narxida!

Galaxy Fold modelining Janubiy Koreyadagi rasmiy narxi 2011 dollarga to‘g‘ri keladi. Uning birinchi partiyasida 1000-2000 smartfon bozorga chiqarilgan. Resellerlar esa undan bir nechtasini Koreyada xarid qilib, Gonkongga olib borib sotishmoqda. Narxi esa odam qo‘rqqulik – 4856 dollarga teng keladi!

Shunday bo‘lsa-da, hozircha dunyoda tengi yo‘q bo‘lgan ushbu buklamafonni birinchilar qatorida qo‘lga kiritish uchun ikki yarim baravar pul to‘lashga tayyor xaridorlar topilganiga nima deysiz?!.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Samsung’ning hozirgacha global bozorga chiqarilgan har xil telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung endi Galaxy S hamda Galaxy Note turkumida boshqa smartfon chiqarmaydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!