Saratonning tarqalishi inson faoliyati bilan bog‘liq ekan

  •   Saroy
  •  981
  •  22.06.2018 16:18

Saratonning tarqalishi  inson faoliyati bilan bog‘liq ekan

Arizona shtati Universiteti olimlari aniqlashdiki, saraton kasalliklarining odamlar orasida ham, boshqa barcha jonzotlar orasida ham tarqalishi aksariyat hollarda aynan inson faoliyati bilan bog‘liq ekan. Tibbiy tadqiqotchilarning shunga bag‘ishlab tayyorlagan hisobotlari  yaqinda Nature Ecology & Evolution jurnalida chop etildi.

Tadqiqotlar natijasida olimlar shunday xulosaga kelishdiki, zararli o‘simtalarning rivojlanishi va tarqalishiga qator faktorlar sabab bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi:  pestitsidlarni qo‘llash, atmosfera va gidrosferaning kimyoviy bulg‘anishi, plastiklarning yig‘ilib qolishi va yadroviy qurilmalardan radiatsiya nurlarining tarqalishi.

O‘QING: Tadqiqot: Stiv Jobs uzog‘roq yashashi mumkin edi
Bundan tashqari, sog‘liqqa quyosh nurining ham  o‘zgarib ketgani katta ta’sir ko‘rsatadi, ular gormonal o‘zgarishlarga olib keladi va kunlik ritmni buzib yuboradi. Ushbu faktorlar ham saratonning tarqalishiga yaxshi sharoit yaratadi.

Olimlarning ta’kidlashicha,  Homo sapiens onkogenga moyil jonzotlarga mansubdir. Biroq hozirda bu borada unchalik ko‘p ma’lumot to‘plangani yo‘q. Agar kerakli ma’lumot to‘planganda edi, ular yordamida sivilizatsiyaning shu qadar taraqqiy etib ketishi saraton o‘simtalarning yovvoyi organizmlarda paydo bo‘lishi va tarqalishiga qanchalik ta’sir etishini tushunib yetgan bo‘lardik. Bundan tashqari, turli hayvonlarning kasallanish tarixi haqida ma’lumotlar ham kam. Bu esa antropogen faoliyatning  tabiiy muhitga ta’sirini baholashni qiyinlashtiradi.

O‘QING: Nanorobotlar saratonni davolashga yordam beradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!