Savollar varaqasini internetga chiqargan abituriyent test jarayonidayoq imtihondan chetlatildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1960
  •  01.08.2019 12:49

Savollar varaqasini internetga chiqargan abituriyent test jarayonidayoq imtihondan chetlatildi! (+video)

Bugun, 1 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari savollar varaqasining rasmi tarqalib ketdi. Buni amaalga oshirgan abituriyent o‘sha zahotiyoq imtihondan chetlashtirilgan, deb yozadi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram-kanalida.

O‘QING: Abituriyentlarga DTM ruxsatnomasini onlayn olish imkoniyati berildi

Aniqlangan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Toshkent shahridagi Oliy o‘quv yurtlariaro majmuadagi test sinovlari chog‘ida sodir bo‘lgan. Va rasmlar Telegram’dagi bir guruhga soat 9:40 da tashlangan.

Davlat test markazi allaqachon ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgan. Unda aytilishicha, ushbu abituriyent test sinovlarining o‘zidayoq qo‘lga tushgan va dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlaridan chetlatilgan. DTM unga nisbatan dalolatnoma tuzilganining videosini ham kanalga joylagan.

Abituriyent qanday qilib telefon olib kirgani, savollar kitobini qanday qilib rasmga olgani, bizga unchalik qiziq emas. Ammo u qanday qilib bu rasmlar internetga chiqara oldi? Mana shunisi ko‘proq muhim, deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Aytishlaricha, hozirda tekshiruv o‘tkazilmoqda. DTMdan ushbu savollarga ham batafsil rasmiy munosabati kutib qolamiz.

O‘QING: "Abituriyent ruxsatnomasi"ni onlayn yuklab olganlar soni 515 000 dan oshdi!