Sayyoradagi eng boy odam fazoga eng keksa uchuvchi ayolni olib chiqmoqchi

  •   DiMaX
  •  373
  •  02.07.2021 16:01

Sayyoradagi eng boy odam fazoga eng keksa uchuvchi ayolni olib chiqmoqchi

Ilon Mask asos solgan SpaceX xususiy tashkilotining Crew Dragon kemasida amalga oshiriladigan ilk fazoviy sayohat ishtirokchilarining ismlari ma’lum. Ammo undan ham oldin Blue Origin kompaniyasi kimoshdi savdosi orqali kosmosga chipta sotayotgani haqida yozgan edik. Lekin yaqindagina...

O‘QING: Blue Origin asoschisi koinotga ilk chiptani begona qilmadi – ukasi bilan o‘zi uchmoqchi!

Blue Origin hamda Amazon kompaniyalari asoschisi va bosh ijrochi direktori, 57 yoshli Jeff Bezos koinotga uchinchi chiptani auksionga qo‘ygan edi va uning narxi ham aniq bo‘lgan. Sayyoramizning eng badavlat kishisi undan tashqari, fazoga yana bir odamni – Uolli Fank ismli 82 yashar amerikalik ayolni ham olib chiqishini e’lon qildi. Xo‘sh, u kim bo‘ldi ekan?

1961 yili AQShning astronavt ayollarni tayyorlovchi Mercury 13 dasturi ishtirokchilari orasida Uolli Fank eng yaxshisi bo‘lgan. Lekin oxir-oqibatda, NASA hamda mamlakat Kongressi fazoviy parvozlarga ayol-qizlarni jalb etishdan voz kechishga qaror qilgan.

Biroq oradan 22 yil o‘tib, 1983 yili baribir boshqa qiz – Salli Rayd ismli astronavt kosmosga uchgan. Uolli Fank fazoga chiqqan birinchi amerikalik ayol bo‘lishi mumkin edi, endi esa shu armon bilan yashab kelmoqda.

Balki shuning uchundir, Jeff Bezos aynan shu ayolni to‘rtinchi fazoviy yo‘lovchi sifatida o‘zi bilan olib chiqishga qaror qilgandir. Agar bu ish amalga oshsa, Uolli Fank baribir boshqa rekord o‘rnatadi – u fazoga ko‘tarilgan eng keksa odam bo‘ladi.

O‘QING: UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.