Sberbank Telegram’ni virus, deb e’lon qildi

  •   Saroy
  •  775
  •  09.07.2018 16:20

Sberbank Telegram’ni virus, deb e’lon qildi

Sberbank Onlayn ilovasi Telegram messenjeriga g‘alati munosabat bildirishni boshladi. Android bazasida ishlayotgan smartfon va planshet egalari Sberbank onlayn-banking xizmati Telegram’ni  virus, deb e’lon qilib, uni o‘chirib tashlashga chaqirayotganidan va natijada dastur osilib qolayotganidan  shikoyat qilmoqda.  

Tizimga kirishda yoki to‘lovni amalga oshirishga urinishda, Sberbank ilovasi «Agar virus  o‘chirib tashlanmasa, operatsiyani bajarish bank aloqa markazidan tasdiqni talab etishi mumkin», degan xabarni e’lon qiladi. Bunday tartibsizliklarning sababchisi sifatida  org.telegram.messenger ko‘rsatilmoqda. Agar bekor qilish tugmasini bossangiz, ogohlantirish yana qaytadan chiqadi. Ushbu nuqsonli davradan chiqish uchun butun boshli ilovani yopishga to‘g‘ri kelmoqda. Yana bir ajablanadigan tomoni shundaki, ushbu ogohlantirish har doim ham chiqavermaydi, tasodifiy tarzda paydo bo‘ladi.

O‘QING:Telegram Desktop ham yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishamiz!

Sberbank vakillarining ta’kidlashicha, o‘rnatilgan antivirus yordamida ba’zan messenjerlarni va boshqa ilovalarni identifikatsiya qilish mumkin. Shuningdek, Sberbank matbuot-xizmati ushbu bagni tuzatish bilan  birga «yaqin kelajakda yangilanish joriy etilishi»dan umid qilayotganini bildirishgan.

O‘QING:Xakerlar jarrohlik amaliyoti chog‘ida tibbiy texnikani o‘chirib qo‘yishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!