SD865 protsessorli Xiaomi Mi 10 flagmani ertagayoq taqdim etilishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1182
  •  03.12.2019 11:25

SD865 protsessorli Xiaomi Mi 10 flagmani ertagayoq taqdim etilishi mumkin!

Qualcomm kompaniyasi Gavay orollarida Snapdragon Technology Summit nomli rasmiy taqdimot tadbirini o‘tkazadi. Marosim mahalliy vaqt bilan 3 dekabrda – bugun boshlanadi, bizda esa bu paytda allaqachon 4 dekabr bo‘ladi.

O‘QING: Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta Xiaomi gadjeti arzonlashdi

Amerikalik chipsoz unda yangi mahsulotlarini, jumladan, Snapdragon 865 flagman protsessorini taqdim qiladi. Qualcomm hamkorlari esa ushbu tadbirda mazkur chipsetga asoslangan o‘z smartfonlarini ommaga tanishtirishadi.

«Xitoycha Apple» prezidenti Lin Bin (Lin Bin) ham Gavaydagi marosimga taklif etilgan, demak, u kompaniyaning yangi – Xiaomi Mi 10 smartfonini namoyish etishi mumkin. Kechagina u Weibo tarmog‘ida mazkur flagmanning yanada ilg‘or – Mi 10 Pro versiyasi ham chiqarilishini aytgan:

Kim biladi, balki Qualcomm tadbirida Xiaomi prezidenti biryo‘la ikkita flagmanining anonsini berar?

Hozircha esa mazkur kompaniyaning 10 dekabrda arzonchi brendiga mansub yangi 5G-flagmani – Redmi K30 modelini taqdim etishi aniq. Mazkur marosimda brendning ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Atigi uch oy ichida 10 million dona Redmi Note 8/8 Pro smartfoni sotildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!