SEATES: origami-droni, tilmoch ko‘zoynak, tennischi robot…

SEATES: origami-droni, tilmoch ko‘zoynak, tennischi robot…

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida maishiy elektronika mahsulotlari yarmarkasi—SEATES (Combined Exhibition of Advanced Technologies) o‘z nihoyasiga yetdi. Unda, asosan, “Osiyo yo‘lbarslari” deb yuritiluvchi Osiyoning rivojlangan mamlakatlari vakillari ishtirok etdi.

Bu yil yarmarkaga 150 mingdan ortiq odam keldi  va unda changyutkichlardan tortib planshetlargacha bo‘lgan turli maishiy texnika buyumlari namoyish etildi.
Yaponiyalik muhandislar origami ko‘rinishidagi dron tayyorlashdi. U qog‘ozdan yasalgan qushga o‘xshaydi. Kattaligi 70 santimetrga teng dron masofadan turib boshqariladi va 6 metr balandlikka ko‘tarila oladi. Origami-droni yaratuvchilaridan biri Toshitatsu Munakataning fikricha, “uchar jism juda yengil va origami shaklini takrorlaydi, yarimo‘tkazgichlar, akkumulyator batareyasi, shuningdek, dvigatel bilan ta’minlangan”.

Sharp Corporation kompaniyasining Robohon deb nomlangan aqlli uskuna ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. U xay-tek dunyosining mutlaqo turli yo‘nalishini o‘zida birlashtirgan. Ya’ni loyihani tayyorlashda smartfon va robot texnologiyasidan foydalanilgan. U elektron xatlar jo‘natishi, foto va videotasvirga olishi mumkin. Qolaversa, uni smartfon sifatida ham ishlatsa bo‘ladi.

Yarmarkada Omron Corporation kompaniyasining tennis mashq qilish uchun mo‘ljallangan qurilmasi ham namoyish qilindi. U huddi sportchi kabi tennis o‘ynaydi. Uskuna nafaqat “ping-pong” to‘plarini otadi, balki zarba trayektoriyasi, kuchi va tezligini ham hisoblab chiqadi.

Robot yaratuvchisi Masaxiro Ikomo unga shunday izox berdi: “Ixtiromizning ko‘rish imkoniyati yuqori. To‘p harakatlarini uch o‘lchovli kenlikda hisob-kitob qiladi. Robot zarba yo‘nalishi va kuchini ko‘radi va raketkani to‘p tegadigan nuqtaga avtomatik tarzda to‘g‘rilaydi…”

Keyingi loyiha sayyoxlar uchun ayni muddao. Epsondan tilmoch ko‘zoynak. U ko‘chalardagi chet tillardagi yozuvlarni tarjima qilib beradi.

Torque kompaniyasi muhandislari dunyoda birinchi dengiz suvi keltirib chiqaradigan korroziyadan himoyalangan smartfonni namoyishga qo‘ydi. Unda suv ostida suratga olish, “selfi” qilish, hatto musiqa tinglash mumkin. Shuningdek, smartfon yuqori nurlangan hududlarda, qumga ko‘milganda yoki yerga tushgan chog‘ida ham ishlayveradi.