Selena Gomesni ham ortda qoldirgan Instagram yulduzi kim bo‘ldi?

Selena Gomesni ham ortda qoldirgan Instagram yulduzi kim bo‘ldi?

Texaslik Gollivud yulduzi, qo‘shiqchi va aktrisa 27 yoshli Selena Gomes (Selena Gomez; @selenagomez) endi Instagram'ning eng ko‘p folloverlarga ega ayol foydalanuvchisi emas.

Ko‘pchilikka «Love You Like A Love Song» («Seni sevgi qo‘shig‘idek sevaman») nomli qo‘shig‘i bilan tanilgan san’atkorning Instagram akkauntiga 173 million foydalanuvchi ergashadi.

Ammo boshqa bir taniqli yulduz Ariana Grande (Ariana Grande; @arianagrande) ning ergashuvchilari soni 181 millionga yetdi va Gomesdan eng ko‘p folloverga ega ayol maqomini olib qo‘ydi.

Arianda Grande

O‘tgan yili fevralda Gomes profiliga dugonalari bilan tushgan rasmini joylab, o‘zining layklar borasidagi shaxsiy rekordini yangilagandi. Bu post yulduzning eng ko‘p layk yig‘gan postidir. Rasmlarga bir kunning o‘zida 11.8 millionta layk bosilgan. Shunday qilib, bu post Instagram'da eng ko‘p layk yig‘gan postlar reytingida 8-o‘rindan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Selena Gomes o‘tgan yili oktyabrda e’lon qilgan «Lose You To Love Me» («Seni sevish uchun o‘zimni yo‘qotish») singli AQShning Billboard Hot 100 va Kanadaning Canadian Hot 100 chartlarida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

O‘QING: Instagram sizdagi muhim fazilatni «o‘ldiradi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.