Selfi-kameralar “jangi”: Galaxy S8 S7, iPhone 7, LG G6’ga qarshi

Selfi-kameralar “jangi”: Galaxy S8 S7, iPhone 7, LG G6’ga qarshi

Mobil sanoatda bosh kamera texnologiyasini rivojlantirishdagi kuchli raqobatdan so‘ng, bugun selfi-kameralarning ham tobora takomillashib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Jumladan, f/1.7 linzali va 8 megapikselli matritsaga ega Galaxy S8 hamda S8 Plus smartfonlarining old kamerasi imkoniyatlari 2016 yilning eng yaxshi kamerafonlari qatoriga kiritilgan 5 megapikselli Galaxy S7 hamda S7 edge’ning old kamerasi imkoniyatlaridan yanada yaxshilangan. Shu bilan birga, 2017 yilning flagman smartfonlarining old kamerasi ham avtofokus tizimi bilan ta’minlangan. Bular Samsung tarixidagi shunday jihatga ega ilk smartfonlar.

Galaxy S8 mobil aloqa vositasi Instagram suratlar tarmog‘ining faol foydalanuvchi, selfi-parastlar uchun ayni muddao.

Har narsaga taqqoslash orqali baho qo‘yish adolatli bo‘ladi. Galaxy S8’ning old kamera imkoniyatlarini iPhone 7, Galaxy S7, va LG G6 kabi davrimizning ilg‘or smartfonlarining selfi kameralari olgan suratlar bilan taqqoslab ko‘rishga qaror qildik.

Suratlardan ko‘rinib turibdiki, S8 old kamerasi foydalanuvchining qiyofasini noziklik bilan aks etirishga usta. Unda olingan suratlarda rang va yorug‘likning yetkazilishi, yuzdagi tus me’yori joyida. Galaxy S7 olgan selfida yuzning o‘ng tomon qismi yorug‘lik taqsimoti bilan yaxshi ta’minlanmagan. LG G6’da esa yuzdagi oq tus yoki yorug‘lik miqdori yuqori. To‘g‘ri, sifat jihatdan iPhone 7’da olingan selfi S8 kamerasinikidan qolishmaydi. Biroq, ayfonda yuzning rangdorligi oshib ketganday. Ehtimol, bular — ko‘pchilik uchun sezilmas farqlardir.

Biz siz uchun xulosa chiqarmaymiz, albatta. Siz o‘z fikringizni Facebook’dagi sahifamizdagi post ostida qoldiring. Shuningdek, 29 mart kuni Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan Galaxy S8 smartfonining ilg‘or jihatlari bilan ushbu maqolada tanishib chiqishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!