Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

  •   DiMaX
  •  4800
  •  04.02.2019 08:44

Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Samsung kompaniyasi eng arzon Galaxy M turkumidagi birinchi smartfonlarini taqdim etdi. Endi esa namoyish navbati flagman – Galaxy S10 modellariga kelib turibdi, ammo o‘rta narxli Galaxy A turkumi yanada qiziqarliroq chiqadigan ko‘rinadi.

O‘QING: Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

Taniqli insayder Ice universe so‘zlariga ko‘ra, o‘rta narxli turkumining flagmani – Galaxy A90 modelida selfi-kamera korpusning yuqori qirrasi ichidan chiquvchi modulga joylanadi.

Aytish kerakki, agar ushbu ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, bu – Samsung kompaniyasining birinchi shunday smartfoni bo‘ladi. Demak, uning displeyida «kemtik» ham, «tirqish» ham bo‘lmaydi!

O‘QING: O‘rta narxli Galaxy A50: «jonli» suratlar, Geekbench natijasi va xususiyatlar

Bugun – 4 fevralda esa internet-manbalar Samsung Galaxy A90 smartfonining ikkita suratini tarqatishdi. To‘g‘ri, bular hali yuqoridagi va boshqa ma’lumotlar asosida tayyorlangan konsept-art hisoblanadi, ammo baribir qiziq:

Yuqoridagi variantda Samsung Galaxy A90 old kamerasi korpus tepa qirrasining o‘rtasidan chiqadigan bo‘lsa, ikkinchisida esa chaprog‘idan chiqadi:

Mazkur modelda daktiloskopik datchik romsiz ekranning o‘ziga joriy etilishi ham aytilgan, yuqoridagi suratda esa uch modulli bosh kamerani ham ko‘ramiz. Agar ushbu barcha ma’lumotlar tasdiqlansa, Galaxy A90 narxi 300-400 dollardan oshishi aniq. Uning taqdimot sanasi hozircha noma’lum, biroq hozirgacha bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone XR’ga Samsung javobi – Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) rasmiy suratlarda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!