Sentyabrda chiqadigan iPhone XI Max’ni ilk suratlar va videoda har tomonlama ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1650
  •  26.04.2019 11:47

Sentyabrda chiqadigan iPhone XI Max’ni ilk suratlar va videoda har tomonlama ko‘ramiz!

Apple korporatsiyasining 2019 yilgi smartfonlari haqida bir qator ma’lumotlar e’lon qilinmoqda. Taniqli insayder @OnLeaks esa kutilayotgan ayfonlarning eng kattasi – iPhone XI Max’ning dizaynini ko‘rsatib berdi.

O‘QING: «Jonli» surat: iPhone XI asosiy kamerasi uch modulli bo‘lib, kvadrat blokda joylashadi!

CashKaro sayti bilan hamkorlikda ushbu insayder iPhone XI Max’ni har tomonlama aks ettiruvchi bir qator render suratlar va videolavha tayyorlab e’lon qildi. Tabiiyki, bular – shu paytgacha mazkur ayfon haqida tarqalgan insayderlik ma’lumotlari asosida kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan modellardir.

Xabarlarga ko‘ra, iPhone XI hamda iPhone XI Max kvadrat blokda joylashgan uch modulli bosh kameraga ega. Ulardan uchinchisi keng burchakli ob’yektiv bilan hamrohlik qiladi.

O‘QING: 2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

Boshqa jihatlariga ko‘ra esa smartfon dizayni o‘tgan yilgi iPhone X Max modelidan aytarli farq qilmaydi. Faqat displeyning atrofidagi romlar yanada yupqalashadi, uning tepasidagi «kemtik» o‘z joyida, o‘lchami ham avvalgidek – 6,5 dyuymligicha qoladi.

Smartfonni o‘chirib-yoqish hamda ovozni sozlash tugmachalari, Lightning porti – hammasi avvalgidek, faqat ovoz rejimlarini almashtirish richagi boshqa tomonga o‘tkaziladi.

O‘QING: «Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

Mana, bularning barchasini videoda tomosha qilamiz:

Aftidan, iPhone XI Max modelining asosiy farqlari qo‘shimcha kamera hamda yangi protsessorda bo‘ladi, shekilli. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi