Sentyabrning eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlari top o‘ntaligi

Sentyabrning eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlari top o‘ntaligi

Xitoyning AnTuTu benchmarki sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxat MediaTek'ning Dimensity chipli smartfonlari bilan to‘lgan.

Eng birinchi o‘rin Dimensity 8100-Max chipi bilan jihozlangan OnePlus Ace tomonidan 821,025 ball bilan band qilingan. Ikkinchi o‘rin ham xuddi shunday chipli, xuddi shu OnePlus Ace smartfonlari seriyasidagi Racing Edition modeliga tegishli bo‘lib, u 817,768 ball olgan. Top uchlik Oppo kompaniyasining Reno8 Pro+ 5G (u ham D 8100-Max) smartfoni bilan yakunlanadi. Keyingi o‘rinlarda mos ravishda vivo S15 Pro, realme GT Neo 3, Redmi Note 11T Pro+ va Redmi K50 smartfonlari turibdi - ularga Dimensity 8100 chipseti o‘rnatilgan. Oppo K10 5G smartfoni D 8000-Max, Redmi Note 11T Pro smartfoni D 8100 bilan sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarda bo‘lsa, vivo S15 smartfoni Snapdragon 870 bilan ro‘yxatning so‘nggi o‘rnini egallashga muvaffaq bo‘lgan.

O‘QING: Sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli Android smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.