Servis markazi xodimlari mijoz qizning intim surat va videolarini uning nomidan e’lon qilishgan

  •   DiMaX
  •  1213
  •  08.06.2021 13:01

Servis markazi xodimlari mijoz qizning intim surat va videolarini uning nomidan e’lon qilishgan

Apple servis markazlaridan birining xodimlari 2016 yili sodir etgan noqonuniy va g‘ayriaxloqiy xatti-harakat tafsilotlari kuni kecha ma’lum bo‘ldi. O‘shanda ularga o‘z iPhone’ini ta’mirlashga topshirgan 21 yashar qiz mazkur holat yuzasidan sudga murojaat etgan edi.

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Ushbu voqea Kaliforniya shtatida, Apple hamkori – Pegatron kompaniyasiga qarashli servis markazida sodir bo‘lgan. U yerda ayfonini ta’mirlatib olgan qiz o‘zining Facebook-sahifasini ochib ko‘rib, hayratga tushdi. Axir, smartfoni ta’mirda payti, unda saqlanayotgan, intim xarakterdagi surat va videolari ijtimoiy tarmoqqa o‘zining nomidan chiqarilgan ekan-da!

iPhone egasi darhol bu masala yuzasidan Apple’ni sudga bergan – kompaniyani maxfiylikni buzishda va ma’naviy zarar yetkazishda ayblashgan. Bunda servis markazni yoki uning xodmlarini emas, balki ishlab chiqaruvchini sudga berish ham to‘g‘ri, zero, servis markazlariga ayfon va boshqa qurilmalarni parolsiz holda topshirishni Apple tayinlagan.

Kupertinolik gigant o‘rganishlar natijasida masalaning tagiga yetgan va o‘sha xodimlarni ishdan bo‘shattirgan. Jabrlanuvchiga esa ma’naviy zararni qoplash uchun bir necha million dollar miqdorida tovon puli to‘lagan.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!