Sharp birinchi o‘rama televizorini «jonli» videoda ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  602
  •  12.11.2019 13:17

Sharp birinchi o‘rama televizorini «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Esingizda bo‘lsa, LG Electronics kompaniyasi rulon shaklida o‘rab qo‘yiladigan televizor prototipini CES 2018 ko‘rgazmasidayoq ko‘rsatgan edi. CES 2019 tadbirida esa u mazkur gadjetning tayyor holdagisini – dunyodagi ilk o‘raluvchi «aqlli» televizorni taqdim qilgan.

O‘QING: Apple, LG va Sharp birgalashib, Samsung’ning «oyog‘iga bolta urishmoqchi»!

Shuningdek, yaponlarning Sharp kompaniyasi ham shunaqa – bir nechta variantdagi o‘rama televizorlarini patentlagan. Bulardan uchtasida televizorning displeyi uning asosidan yuqoriga chiqadi:

Bunaqa konstruksiyali televizorlarni stolga qo‘yish, namoyishlar uchun ko‘tarib borish qulay.

O‘QING: DIA 2019: eng zo‘r displeylar e’lon qilindi

Sharp patentlagan o‘rama televizorning ikkitasida esa televizor asosi shipga mahkamlab qo‘yiladi, displeyi bo‘lsa undan pastga yoyilib chiqadi:

Mazkur konstruksiyali televizor ko‘rinishidan proyektordan tasvir tushirishga mo‘ljallangan ekranni eslatadi.

«Jonli» video: Sharp ham buklama smartfonini namoyish etdi!

Sharp bu televizorning tayyor namunasini 13-15 noyabrda tashkillashtirilayotgan Xalqaro uzatuv jihozlari ko‘rgazmasida rasman taqdim etishi kutilmoqda. Kompaniya allaqachon ushbu o‘rama televizorining tayyor prototipini ko‘rsatuvchi videolavhani e’lon qildi:

Ushbu devaysning umumjahon taqdimoti esa keyingi yil boshida bo‘lib o‘tadigan CES 2020 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishini aytishmoqda. Sharp uning narxini ham o‘shanda ma’lum qilsa kerak. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 155 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli televizorlarni sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Afsonaviy smartfonsoz endi «aqlli» televizor ham ishlab chiqaradi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!