«Sharshara ekranli» Vivo Nex 3 5G taqdimoti uchun antiqa joy tanlandi! (+«jonli» video va suratlar)

  •   DiMaX
  •  2567
  •  16.09.2019 11:35

«Sharshara ekranli» Vivo Nex 3 5G taqdimoti uchun antiqa joy tanlandi! (+«jonli» video va suratlar)

Vivo kompaniyasi bugun – 16 sentyabrdayoq o‘zining Nex 3 5G smartfonini namoyish qiladi. Bu – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi, «sharshara ekranli» dizaynga ega kuchli qurilmadir.

O‘QING: Vivo "sharshara"li ekranga ega smartfonini ko‘rsatdi

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) xabariga ko‘ra, Vivo namoyish uchun o‘ta g‘alati joy tanlagan – uni mana shu kema bortida taqdim etishadi!

Insayderga ko‘ra, Nex 3 5G flagmani bilan birga kemadagi tadbirda yana butkul simsiz Vivo TWS quloqchini ham namoyish qilinadi:

AirPods «qotili» deya tavsiflanayotgan mazkur aksessuar korpusi gradiyent tusli, g‘ilofidan zaryadlanuvchi hamda aptX texnologiyasiga ega.

O‘QING: Apple AirPods’ning yana bir kushandasi – Nubia Pods simsiz quloqchini bitta smartfon narxida sotiladi!

Bulardan tashqari, ayni shu insayder Vivo Nex 3 5G modelining «jonli» videosini tarqatgan:

Ushbu smartfonni turli tomonlaridan olingan «jonli» rasmlari ham tarqalgan:

Vivo Nex 3 5G modelining 6,89 dyuymlik «sharshara ekran»i korpus old yuzasining 99,6% qismini egallaydi.

O‘QING: Oppo «sharshara displey»li smartfonini e’lon qildi

Snapdragon 855 Plus protsessori hamda 5G-modemli mazkur smartfon 64 megapiksellik kameraga ega, uning 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa 44 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanadi.

Vivo Nex 3 5G tezkor xotirasi 8 hamda 12 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 128, 256 hamda 512 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi, narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz yettinchi hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!