Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston to‘liq raqamli iqtisodiyotga o‘tadi!

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston to‘liq raqamli iqtisodiyotga o‘tadi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bugun, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Murojaatnoma davomida Prezident 2019 yilning nomini e’lon qildi. 2019 yilga — «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb nom berildi.

Президент 2019 йил номини эълон қилди

Prezident sohalarni rivojiga bog‘liq bo‘lgan konsepsiyani ishlab chiqish 1 aprelga qadar yakunlanishi kerakligi ta’kidlandi. Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala yuzasidan taklif kiritish va  «Raqamli iqtisodiyotga o‘tish» konsepsiyasini 2 oy ichida ishlab chiqish yuklatildi.

“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur“, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «Raqamli iqtisodiyotga o‘tish» konsepsiyasini ishlab chiqishda axborot xavfsizligiga alohida etibor berish kerak ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘QING: “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi  muhokama qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!