Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Termiz shahrida «Kinomobil» – O‘zbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi taqdimotida qatnashdi. Loyiha tashabbuskori “Cinema  Servis" MChJ bo‘lib, loyiha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ko‘chma kinoteatr MAN avtomobili negizida ishlab chiqilgan, isitish va ventilyasiya tizimi bilan jihozlangan. Tomoshabinlar filmlarni Dolby 5+1 tovush tizimi bilan 2D va 3D formatlarida tomosha qilishi mumkin. Mobil kinoteatr 30 daqiqa ichida ishga tushadi hamda 80 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu innovatsion loyiha yurtimizning olis va chekka hududlari aholisi, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimizga respublikamiz hududlarida zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. 

O‘QING: Boysunda 3D seysmik qidiruv ishlari o‘tkazilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!