Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borishini aytdi

  •   DiMaX
  •  415
  •  17.08.2021 12:03

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borishini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlardagi dolzarb masalalarni imkon qadar kuzatib borishini aytgan. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lumot bermoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

«Albatta, bugungi kunda odamlarni qanday masala va muammolar o‘ylantirayotgani, tashvishga solayotganini yaqindan bilishda yordam beradigan ochiq manbalar, axborot tarmoqlari ko‘p. Ayniqsa, televideniye, matbuot, Internet hayot nafasini, ta’bir joiz bo‘lsa, har bir sohaning “yurak urishi”ni aniq-ravshan his qilishda muhim ahamiyatga ega. Shaxsan o‘zim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan yangiliklar, ular orqali bildirilayotgan dolzarb fikrlar, jamoatchilikning diqqat-e’tiborini tortayotgan voqea-hodisalar bilan imkon qadar bevosita tanishib borishga harakat qilaman.

Bir so‘z bilan aytganda, zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan bizning davrimizda real hayotdan butunlay uzilib qolish mumkin emas. Shunga qaramasdan, xalq bilan turli ko‘rinishdagi, deylik, bu rejadagi tadbir bo‘ladimi yoki mahalla, tuman, qaysidir muassasaga kutilmagan holatda kirib borish orqali bo‘ladimi, umuman, bevosita muloqot hamisha kerak, deb hisoblayman.

Fuqarolar, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinayotgan barcha muammolar e’tibor qaratishni talab etadi. Ularni inkor qilish mumkin ham emas. Albatta, jamiyatdagi qonun buzilishi, adolatsizlik, inson huquqlariga bepisand munosabat, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga beparvo qarab bo‘lmaydi. Tizimli tus olgan yoki juz’iy muammo bo‘ladimi, ularning barchasiga darhol munosabat bildirib, tagiga yetish va hal etish zarur», degan prezident.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!