Shavkat Mirziyoyev onlayn kinoteatrlarni tanqid qildi

  •   DiMaX
  •  736
  •  14.10.2020 15:21

Shavkat Mirziyoyev onlayn kinoteatrlarni tanqid qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: kinolarni internetga chiqargan «qaroqchi» javobgarlikka tortildi

Yig‘ilishda, jumladan, shu sohaga oid muammolardan biri sifatida yurtimizda san’at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalganligi tanqid qilindi.

Misol uchun, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, oylik to‘lov undiradigan onlayn kinoteatrlarda 30 mingdan ortiq kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar joylashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, bundan mualliflar moddiy manfaat ko‘rmaydi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligiga mamlakatimizda ro‘yxatga olingan ko‘ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o‘rganib, mualliflar manfaatlarini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

– Intellektual mulk himoyasini mustahkamlay olsak, bu ham uchinchi Renessansga ishonchli poydevor bo‘ladi, – dedi Prezident.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborot berdi.

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!