Shaxmat roboti o'yin vaqtida yetti yoshli raqibining barmog'ini sindirdi

Shaxmat roboti o'yin vaqtida yetti yoshli raqibining barmog'ini sindirdi

O'tgan haftada yakuniga yetgan Moscow Chess Open turnirida, shaxmat o'ynaydigan robot raqiblar bilan musobaqalashish uchun "ishga olingan" edi. Shaxmat donalarini siljitish uchun moslashtirilgan va bir vaqtning o'zida bir necha kishi bilan o'ynay oladigan "robot qo'l" turnirning so'nggi kunida Moskvadagi to'qqiz yoshgacha bo'lganlar toifasidagi eng yaxshi 30 shaxmatchilarning biri bo'lgan, Kristofer ismli yetti yoshli bolaning barmog'ini rostakamiga sindirdi. Bu haqida mahalliy axborot vositalariga tayanib The Guardian nashri xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, voqeaga bolaning shoshqaloqlik qilgani sabab bo'lgan. Robot faqat shaxmat donalarini surish uchun dasturlangan bo'lib, unda odam harakatlarini aniqlaydigan xususiyat bo'lmagan.

Rossiya shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Sergey Smaginning ta'kidlashicha, Kristofer xavfsizlik qoidasini buzgan, yoxud robot yurish qilganida, bola uni kutib turmagan. Shuningdek, u bu tasodif ekanligini va robot mutlaqo xavfsiz ekanligini aytgan.

"Robot bolaning barmog'ini sindirdi. Albatta, bu yomon." deydi Sergey Lazarev, Moskva shaxmat federatsiyasi prezidenti. Uning qo'shimcha qilishicha, robot bundan oldin bir necha o'yinlarni ko'ngilsizliklarsiz o'ynagan. Lazarev so'zlariga ko'ra, Kristofer ertasi kuniyoq o'yinga qaytgan va turnirni yakunlagan.

O'QING: Apple Bionic A16 qanchalik kuchli chipset?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.