Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

  •   DiMaX
  •  892
  •  17.05.2021 11:38

Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

Biz avvalroq e’lon qilgan maqolada ma’lumotlarni eng ko‘p ulashuvchi 10 ilova, o‘z foydasi uchun ma’lumotlarni to‘plovchi 10 ta ilova, shaxsiy ma’lumotlarni eng ko‘p kuzatuvchi 10 ta ilova hamda ma’lumotlarni ulashmaydigan 10 ta ilova ro‘yxatlari berilgan. Internetda esa iOS tizimidagi bir nechta ommabop messenjerlarning yangi reytingi paydo bo‘ldi.

O‘QING: Facebook, TikTok, Telegram kabilar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirmasa, javobgarlikka tortiladi!

Ushbu reytingda turli messenjerlar iPhone egalarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash darajasi bo‘yicha saralangan. Mazkur ro‘yxat App Store yordamida tuzilgan – ushbu do‘konda «App Privacy» – «Ilova maxfiyligi» bo‘limi mavjud.

Reytingda birinchi o‘rinni Signal messenjeri egallagan – foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari unga qiziq emas ekan. Mazkur ilova kishilarning shaxsga oid ma’lumotlarini reklama beruvchilarga umuman sotmaydi, chunki bunga ehtiyoj ham yo‘q. Zero, bu loyiha grantlar va xayriyalar evaziga o‘zini qoplab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Mark Sukerberg o‘zining kompaniyasiga qarashli Messenger yoki WhatsApp emas, balki ularga raqobatchi – Signal messenjerini ishlatishi fosh bo‘lgan edi.

O‘QING: Facebook va Instagram siz haqingizda nimalarni biladi?

Xullasi kalom, «tishlangan olmali» gadjetlar egalarining shaxsiy ma’lumotlariga eng kam qiziqishi bo‘yicha ommabop messenjerlar reytingi quyidagicha ko‘rinishga ega:

  1. Signal
  2. Skype
  3. Zoom
  4. Discord
  5. Telegram
  6. WhatsApp
  7. Facebook Messenger
  8. TikTok

Ko‘rib turganingizdek, ro‘yxatda eng oxirgi o‘rinda TikTok turibdi – Donald Tramp rahbarligi ostidagi AQSh hukumatining xavotirlari o‘rinsiz emas ekan. Bu ilova sizning brauzerlaringiz tarixi, elektron pochtangiz, manzilingiz, ayni paytdagi joylashuvingiz, qurilmangizning ID raqami, sizning telefon raqamingiz va yana bir qator ma’lumotlaringizga qiziqadi.

O‘QING: TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!