Shazam 20 yoshda!

Shazam 20 yoshda!

Agar biron joyda biron qo'shiq parchasini eshitib qolsangiz va u sizga yoqib qolsa, smartfoningizni olib uni "Shazam qilish"ni boshlaysiz. Soniyalar ichida esa bu kimning qaysi qo'shig'i ekanligini bilib olasiz. Ajoyib shunday emasmi? Ushbu Shazam xizmati bu yil o'zining 20 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan uning bosh kompaniyasi, Apple qiziqarli statistik ma'lumotlarni ulashdi. 

Ma'lum bo'lishicha, bugungi kunda Shazam'ning 225 milliondan ortiq global foydalanuvchilari mavjud bo'lib, u shu kungacha 70 milliarddan ortiq qo'shiqlarni aniqlashda yordam bergan. Hozirda Shazam ilovasi 2 milliarddan ortiq yuklab olishlar soniga ega. 

T.Reksning "Jeepster" qo'shig'i eng birinchi Shazam qilingan qo'shiq bo'lib, bu 2002-yilning 19-aprelida amalga oshirilgan. iOS ilovada eng birinchi Shazam qilingan qo'shiq esa Aimee Mann tomonidan kuylangan "How Am I Different" qo'shig'i bo'lgan.

Taniqli K-pop guruhi, BTS'ning "Butter" qo'shig'i 1 milliondan ortiq eng tez Shazam qilingan qo'shiq bo'lgan. Xuddi shunday yo'nalishda 10 milliondan ortiq Shazam qiligan qo'shiq esa Ed Sheeran'ning "Shape of You" qo'shig'i bo'lgan.

Eng ko'p Shazam qilingan xonanda Drake bo'lib, uning qo'shiqlari yoxud u ishtirokida kuylangan qo'shiqlar soni 350 milliondan ortiq.

Eng ko'p Shazam qiligan qo'shiq esa Tones And I tomonidan kuylangan "Dance Monkey" qo'shig'idir.

O'QING: Telegram'da yuzerneymlar bilan bog‘liq uzoq kutilgan o‘zgarish