Shazam'da siz kutgan yangilik

Shazam'da siz kutgan yangilik

Tungi rejim yoki qora fon hozirda keng ommalashmoqda. Android 10 hamda ko‘plab ommabop ilovalar, jumladan, Instagram va Tasker'larning ham qora fonli versiyasi taqdim qilib bo‘lingan. Endi mana shu ilovalar qatoriga Shazam'ni ham kiritish mumkin.Aslida, qora fonsiz ham Shazam'ning interfeysi ko‘zga noqulaylik tug‘diradigan darajada yorug‘ emas edi, lekin baribir, dastur yaratuvchilarining mehnatini qadrlaymiz.

Shazam'ning chiqqaniga ancha bo‘lgan. Aniqroq qilib aytganda, ilova Android'dan ham oldin taqdim qilingan. Ilova joriy interfeysining asosiy oynasi ko‘k rangda, lekin tungi rejim yoqilganda to‘q kulrang yoki qora rangga aylanadi. Bu qorong‘u joyda, ayniqsa, ko‘zga qulay.

Yuqoridagi tasvirlardan qora fonni, quyidagi skrinshotdan esa odatiy fonni ko‘rishingiz mumkin.Qora fonni yoqish uchun smartfoningiz Android 10'da ishlashi shart emas — ilova sozlamalari orqali ushbu rejimni faollashtirishingiz mumkin. Android 10'da esa butun tizim qaysi fonda bo‘lsa, ilova interfeysi ham avtomatik ushbu fonga o‘tadi. Lekin bu sizga yoqmasa, avtomatik moslashuvni o‘chirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

Agar Shazam sizda hali ham bo‘lmasa, ilovani Android uchun bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Kim yetakchi - App Store yoki Play Market?! Eng ko‘p yuklangan ilovalar qaysilar?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!