Shifokor iPhone 13 Pro Max'dan butunlay o‘zgacha maqsadda foydalandi

Shifokor iPhone 13 Pro Max'dan butunlay o‘zgacha maqsadda foydalandi

iPhone 13 Pro Max'ning yangi funksiyalaridan biri smartfonga yangi makrosyomka rejimining qo‘yilganligidir.

O‘QING: Eng arzon iPhone 13 smartfoni Galaxy kamerafonidan ustun keldi: DxOMark reytingi

Yaxshi bilasiz, makro kameradan foydalanib, ob’yektlarni juda yaqindan suratga va videoga olish mumkin. Aksariyat foydalanuvchilar bundan tabiatning o‘ziga xosliklarini kadrga muhrlashda foydalansa, doktor Tommi Korn iPhone 13 Pro Max'ning makrosyomka funksiyasidan ko‘zni muolaja qilishda ham ishlatish mumkinligini aniqladi.

LinkedIn'dagi postida oftalmolog yangi iPhone'idan foydalanib, bemorlar ko‘zini tekshirayotganini ma’lum qildi. Makrosyomka sabab Korn ko‘zning o‘ta mufassal tasvirini ola olgan va undan foydalanib, bemor salomatligi borasidagi muhim ma’lumotlarni qayd etgan.

Shifokor shox parda transplantatsiyasini boshdan o‘tkazgan va tikilgan chok bitayotganini muntazam tekshirib turish kerak bo‘lgan bemor holatini misol qilib keltiradi.

«Ko‘zning MAKRO tasvirlarini olish uchun shu hafta ichi iPhone 13 Pro Max'dan foydalanib kelyapman. Qoyil qoldim. Smartfon oftalmologiya va telemeditsina sohasida innovatsiya qildi. [Yangi texnologiya] kelajakda qanday tus olishini bilishni intiqib kutyapman... Fotolar shox parda transplantatsiyasidan keyingi bitayotgan choklarni ko‘rsatadi. Suratlarni e’lon qilish uchun [bemordan] rozilik olingan. PS: bu «Pro kamera»da telefon ilovasi ham bor!»

Okulist Jeffri Lyuis va Tommi Korn iPhone telemeditsinani rivojlantirishga ancha hissa qo‘shishini ta’kidlamoqda.

Smartfonda yangi kamera rejimi bo‘lsa-da, Apple yangi iPhone'larni maxsus makro kamera bilan jihozlamagan. Makro kamera o‘rniga iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max f/1.8 diafragma va 120 daraja ko‘rish burchagiga ega ultrakeng burchakli kameradan foydalanib, 2 sm masofadagi ob’yektlarning makro tasvirlarini hosil qiladi.

O‘QING: Kechagina sotuvga chiqqan iPhone 13 Pro hamda Pro Max smartfonlarining displeyidagi muhim funksiya ishlamayotganligi aytildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!