Shifokor ogohlantiradi: ofis yoki uyda virus yuqtirish xavfi eng yuqori bo‘lgan buyum...

  •   DiMaX
  •  591
  •  15.10.2020 17:36

Shifokor ogohlantiradi: ofis yoki uyda virus yuqtirish xavfi eng yuqori bo‘lgan buyum...

Koronavirus tufayli barchamiz tozalikka alohida e’tibor beradigan, turli gadjetlarimizni sterillab turadigan bo‘lib qoldik. Xo‘sh, yuqumli kaslliklar yuqtirib olish mumkin bo‘lgan predmetlar orasidan qay birida bu xavf eng yuqori?

O‘QING: Telefon orqali koronavirus yuqtirib olish mumkinmi?

Rossiyalik shifokor, Podmoskove Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksionisti Irina Shilkina bunga aniqlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ofisda (uyda ham) kasallik yuqtirish mumkin bo‘lgan eng xavfli buyum – klaviatura ekan!

Foydalanuvchilar odatda kompyuter klaviaturasi tugmachalarini va ular oraliqlarini tez-tez tozalab turishmaydi, chunki bu boshqa gadjetlarni tozalashdan ko‘ra murakkabroq. Shu boisdan u eng kirli predmet hisoblanadi va undan kasallik yuqishi ehtimoli ham ancha yuqori. Uning klavishlarida kasallikka olib keluvchi bakteriyalar, viruslar va mikroblar to‘planib yotadi, shu jumladan koronavirus yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Ekspert maslahatiga ko‘ra, kompyuter oldiga o‘tirish va klaviatura ishlatishdan oldin ham, keyin ham qo‘llarni albatta sovunlab yuvish shart. Shuningdek, klaviatura bilan ishlash jarayonida, orada biror nima yeb o‘tirish ham xavfli, deydi u.

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!