Shishali OnePlus 6 flagmani darz keta boshladi

  •   Saroy
  •  1214
  •  12.07.2018 11:23

Shishali OnePlus 6 flagmani darz keta boshladi

Reddit forumida OnePlus 6 flagmani ustidan egalarining shikoyatlari paydo bo‘la boshladi. Chamasi, metall korpusdan shishali korpusga o‘tish smartfon uchun foydali bo‘lmaganga o‘xshaydi.

Gap shundaki,  OnePlus 6’ning shishali orqa panelida darz paydo bo‘la boshlagan, eng qizig‘i, ushbu xunuk hodisa  barcha smartfonlarda aynan bir joyda, ya’ni ovozni sozlagich klavishi yonida sodir bo‘lgan.

O‘QING:Yangi OnePlus 6 flagmani: rang ko‘r, hol so‘r

Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, qurilma yerga tushib ketmagan, ustiga ustak, ularni himoya g‘ilofida olib yurishgan. To‘g‘ri, ayrim foydalanuvchilar smartfonini tushirib qo‘yganini tan olishdi, lekin shunda ham bor-yo‘g‘i o‘zlarining krovatidan tushib ketgan xalos. «Mening smartfonimda ham xuddi shunday yoriq va xuddi shunday joyda. Hech qachon tushirib qo‘ymaganman va har doim g‘ilofda olib yurganman. Ehtimol, bu shunchaki omadsiz chiqqan partiyadir?» — deb yozadi Kannahayabusa12.

O‘QING:OnePlus 6: iPhone X’ga o‘xshaydi, lekin juda arzon sotilmoqda

Hozircha OnePlus’dagilar ushbu shikoyatlarga hech qanday munosabat bildirmayapti, shu bois flagman egalaridan yanada ehtiyotkorroq bo‘lish talab etiladi.

Darvoqe, smartfonning mustahkamligi bo‘yicha taniqli blogger JerryRigEverything test o‘tkazgandi. O‘shanda OnePlus 6 o‘zini juda mustahkam gadjet ekanligini ko‘rsatgandi.