Shoshiling! Galaxy Note10+ ni 500 dollar arzonroqqa sotib olsangiz bo‘ladi!

Shoshiling! Galaxy Note10+ ni 500 dollar arzonroqqa sotib olsangiz bo‘ladi!

Kecha Birlashgan Qirollikda aksiya o‘tkazilayotgani, tanlangan Galaxy smartfonlari xarid qilinganda, sovg‘a sifatida Galaxy Buds quloqchinlarini qo‘lga kiritish mumkinligi haqida xabar bergan edik. Endi esa Koreyadan bundan-da zo‘r xabar keldi!

Samsung'ning eng katta, eng so‘nggi va eng qimmat flagmanini sotib olishni reja qilgansiz, lekin smartfon narxi osmonda! Xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q! Koreys kompaniyasi aksiya o‘tkazmoqda! Endi kamroq to‘laysiz!

Avvalo, Samsung Galaxy Note10+ smartfonini 500 dollargacha arzonroq narxda sotib olish imkoni mavjud. Buning uchun “treyd-in“ni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, ayirboshlash. Galaxy S10+ yoki iPhone XS Max'ingizni Samsung'ga topshiring va chegirmaga ega bo‘ling. Agar boshqa qurilmani ayirboshlamoqchi bo‘lsangiz, chegirma foizi kamroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, Samsung do‘konidan istalgan narsani xarid qilish uchun 200 dollar kreditga ega bo‘lishingiz yoki original Galaxy Buds simsiz quloqchinlari va Galaxy Fit trekerining har ikkalasini ham tekinga qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Nazariy jihatdan olib qaraganda, 500 dollarlik ayirboshlashni amalga oshirib, 200 dollar kreditga ega bo‘lsangiz, Note10+ sizga atigi 399 dollarga tushadi! Bu, albatta, nazariy jihatdan. Lekin kompaniya flagmanni ko‘proq odam xarid qilishiga urinayotganini qadrlaymiz.

Ushbu taklif muddati cheklangan va faqat AQShda amal qiladi. Agar Qo‘shma Shtatlarda yashasangiz va aksiyaga qiziqqan bo‘lsangiz, hoziroq harakatni boshlayvering!

O‘QING: Akkumulyator avtonomligi: Apple iPhone 11 Pro Max vs Galaxy Note10+. Bu safar qaysi biri yutdi?