Shu haftadayoq taqdim etilayotgan Redmi K30 Ultra jihatlari va «jonli» suratlari TENAA’ga chiqdi

  •   DiMaX
  •  927
  •  03.08.2020 09:38

Shu haftadayoq taqdim etilayotgan Redmi K30 Ultra jihatlari va «jonli» suratlari TENAA’ga chiqdi

Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi ostidagi yangi – Redmi K30 Ultra smartfoni allaqachon ishlab chiqarila boshlagani haqida yozgan edik. Endi esa uning «jonli» rasmlari va xususiyatlari Xitoyning TENAA agentligi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi!

O‘QING: Redmi K30 Ultra ham tayyor: Xiaomi prezidenti uni o‘g‘rincha suratga olib ko‘rsatdi!

Unga ko‘ra, Redmi K30 Ultra diagonaliga 6,67 dyuymlik, tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik bo‘lgan AMOLED-ekran bilan jihozlangan. Redmi K30 Ultra korpusining o‘lchamlari 163,3x75,4x9,1 millimetrga, vazni esa 213 grammga teng.

Smartfon akkumulyatorining tok sig‘imi 4400 mA/soatga teng. Kompaniya uni tezkor xotirasi 6 va 8, doimiy xotirasi esa 128, 256 va 512 gigabaytlik variantlarda taklif etadi.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Redmi K30 Ultra old kamerasi 16 megapiksellik, bosh kamerasi esa 64 + 20 + 8 + 8 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur smartfonda maksimal takt chastotasi 2,6 GGs bo‘lgan sakkiz yadroli protsessor qo‘llanmoqda. Bu MediaTek kompaniyasining Dimensity 1000 yoki Dimensity 1000 Plus rusumli chipseti bo‘lsa kerak.

Insayderlarga ko‘ra, Redmi K30 Ultra premerasi shu haftaning o‘zidayoq bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Redmi brendi ertaga – 4 avgustdayoq boshqa bir, arzon smartfonini namoyish qilyapti.

O‘QING: Global barqaror MIUI 12 proshivkasi tarqatilayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining to‘liq ro‘yxati!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!