Shu kunlarda chiqadigan Huawei Mate 30 flagmanlari Google servislaridan va Android litsenziyasidan mahrum etildi!

  •   DiMaX
  •  1005
  •  29.08.2019 12:07

Shu kunlarda chiqadigan Huawei Mate 30 flagmanlari Google servislaridan va Android litsenziyasidan mahrum etildi!

Xitoylik texnogigant o‘zining navbatdagi – Mate 30 flagmanlarini sentyabrda namoyish etishi kutilmoqda. Biroq kompaniyaning o‘zi AQSh Savdo departamenti qora ro‘yxatiga tushganligi sababli, bu smartfon dasturiy ta’minotida muammolar bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Huawei rahbari: kompaniyamiz "hayot va o‘lim o‘rtasida" turibdi!

Reuters xabariga ko‘ra, Huawei Mate 30 flagmanlari litsenziyalangan Android versiyasida ishlay olmaydi. Shuningdek, unga Google servislari ham o‘rnatilmasdan taqdim etiladi.

Google vakillarining so‘zlariga ko‘ra, savdo aloqalarining yangi 90 kunlik uzaytirilishi Huawei’ning allaqachon chiqqan qurilmalari uchungina amal qiladi. Xitoylik korporatsiyaning kelajakdagi mahsulotlariga, hatto ular ushbu muddat tugamasidan avval taqdim etilsa ham, bu «amnistiya» tegishli bo‘lmaydi.

«Agarda AQSh hukumati bizga ruxsat bersa, Huawei yana Android tizimini hamda Google ekotizimini qo‘llashda davom etishi mumkin bo‘ladi, – deydi Reuters bilan suhbatda korporatsiya vakili Jo Kelli. – Aks holda biz o‘z operatsion tizimimiz va ekotizimimiz ustidagi ishlarimizni davom ettiramiz».

O‘QING: Xayr Android, xayr Windows! Huawei Harmony OT rasman namoyish qilindi!

Shunisi ham borki, Android ochiq kodli bo‘lganligi sababli, Huawei mazkur operatsion tizimni Mate 30 hamda Mate 30 Pro modellariga o‘rnatishi mumkin. Biroq bu smartfonlar Google Play, Gmail va boshqa Google servislarisiz taqdim etiladi. To‘g‘ri, foydalanuvchilar ularni o‘zlari o‘rnatib olishlari ham mumkin, ammo bu holda ularning barqaror ishlashiga hech kim kafolat bermaydi.

Allaqachon taqdim etilgan Huawei smartfonlarida esa muammo bo‘lmaydi – ular avvalgidek, Android yangilanishlarini hamda xavfsizlik patchlarini yana 2–3 yil mobaynida olib turishlari mumkin. Ulardan ayrimlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: 130 dan ortiq AQSh kompaniyasi Huawei bilan savdo qilish niyatida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!