Shu yil oktyabr oyida IT-Park qoshida IT akademiyasi ochiladi!

  •   DiMaX
  •  540
  •  28.09.2019 14:17

Shu yil oktyabr oyida IT-Park qoshida IT akademiyasi ochiladi!

2019 yil 25 sentyabr kuni «Digital Uzbekistan» forumi doirasida IT-Park direktori Farhod Ibragimov uning qoshida IT akademiyasining ochilishi haqida, shuningdek, barcha IT-markazlarga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan imtiyozlari haqida e’lon qildi. Bu xususda IT-Park rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: IT-Park Unbound bilan hamkorlikda FTAD va TIP uchun saralash bosqichini o‘tkazdi!

Xususan, o‘z nutqini o‘quv bo‘limiga qaratgan holda, Farhod Ibragimov shu yil oktyabr oyida IT-Parkda IT akademiyasining birinchi kursi ochilishini, unda barcha xohlovchilar dasturlash bo‘yicha bilim olishlari mumkinligini aytdi.

IT akademiyasining asosiy maqsadi ish beruvchilarning talablariga javob beradigan sifatli ta’limni taqdim etish, malakali mutaxassislar va o‘qituvchilarni yetishtirib chiqarishdir. IT akademiyasi IT mutaxassislari uchun ta’lim dasturlarini, texnologik platformani va netvorkingni birlashtirgan ekotizimni yaratmoqda.

Har yili IT akademiyasi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish, wyeb-dizayn, biznesni tahlil qilish sohalarida kamida 1500 ta mutaxassis yetishtirib chiqarishni rejalashtirmoqda. Turli xil murakkablik darajasidagi o‘quv kurslari ham o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

O‘QING: “Unbound”: O‘zbekistonda IT sohasining rivojlanishi dinamikasi Qozog‘istonga qaraganda yaxshiroq va tezroq rivojlanmoqda

«Biz O‘zbekistonni inson kapitali yetarli bo‘lgan maydon sifatida belgilaymiz. Bizning Respublikamizda iqtidorli yoshlar juda ko‘p, ammo ularning hammasida ham bilim olish imkoniyati mavjud emas. Biz IT xizmatlarini eksport qilish bilan shug‘ullanmoqchimiz, shuning uchun biz nafaqat katta miqdordagi inson kapitaliga, balki sifatli inson resurslariga ega bo‘lishimiz kerak. IT-mutaxassislariga talab har yili ortib borayotganligini hisobga olib, bitiruvchilar soni ko‘paymoqda, ammo bu yetarli emas. Agar biz chet ellik taniqli kompaniyalar bizda o‘z vakolatxonalarini ochishini va IT mahsulotlarini eksportga chiqarishini istasak, biz xususiy sektorni jalb qilish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasining IT-mahsulotlari bozoriga chiqarilayotgan IT-mutaxassislarning soni va sifatini oshirishimiz kerak», – dedi  IT-Park direktori.

Farhod Zairovich bir necha bor ta’kidlaganidek, 2019 yil 15 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 589-sonli qarori chiqqanidan so‘ng, IT-Park rezidentlariga bir qator imtiyozlar va preferentsiyalar taqdim etildi. Xususan, IT-Park rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilingan. Ushbu qarorning muhim tomoni shundaki, IT-o‘quv markazlari IT-Park rezidenti maqomini olishlari mumkin.

O‘QING: Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik «Ucell mobile challenge 2019» tanloviga marhamat!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!