Shunchaki tarmoqda qolish evaziga 1000 megabaytgacha olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1586
  •  26.02.2021 10:02

Shunchaki tarmoqda qolish evaziga 1000 megabaytgacha olish mumkin!

Mobiuz uyali aloqa operatori kuni kecha birdaniga ikkita aksiya joriy etib, 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirgan edi. Endi esa u uchta tarif rejasi abonentlari uchun «Plyusda bo‘ling!» aksiyasini e’lon qildi.

O‘QING: O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi (Speedtest reytingi)

Ushbu aksiya 2021 yilning 25 fevralidan to 25 may kunigacha «Mobi 20», «Mobi 30» hamda «Mobi 40» tarif rejalaridagi abonentlar uchun amal qiladi. «Plyusda bo‘ling!» aksiyasining mohiyati shundan iboratki, abonent o‘z hisobi nolga tushishiga, raqami bloklanib qolishiga yo‘l qo‘ymasa bas – unga internet-to‘plam taqdim etiladi!

Ishtirok etish uchun abonent aksiya doirasida internet-to‘plam ulangan sanali, boshlanish haqidagi SMS-bildirishni olishi, doimo ijobiy balansda qolib, blokka tushmagan holda, abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirishi kerak.

«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi uchta turli xil internet-to‘plamli uchta bosqichdan iborat:

1-bosqich – 500 MB to‘plam;

2-bosqich – 700 MB to‘plam;

3-bosqich – 1000 MB to‘plam.

Har bir bosqich, boshlanganligi haqidagi SMS-bildirish kelgan paytdan boshlab 30 kun davom etadi.

Barcha abonentlar ishtirokni 1-bosqichdan boshlashadi va shartlar bajarilganda ikkinchi va keyingi bosqichga o‘tishadi. Blokka tushganda abonent birinchi bosqichga qaytadi.

Aksiya doirasidagi har bir internet-to‘plam 10 kun davomida amal qiladi va oldingi hamda keyingi to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi.

«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tish mumkin.

O‘QING: Abonentlarning eng dolzarb yuzta savoliga operator rahbariyati javob berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!