Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  623
  •  27.08.2020 12:07

Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

Predator: Hunting Grounds o‘yinini yanada ommalashtirish maqsadida unga yangi obraz qo‘shishdi. Bu – o‘sha mashhur «Yirtqich» («Xiщnik» – « Predator») filmining bosh qahramoni, yosh Arnold Shvarsenegger ijrosidagi Datch laqabli harbiy bo‘ladi.

O‘QING: Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

Aytish kerakki, hozirgi qiyofasidagi «Temir Arni» obrazi Predator: Hunting Grounds o‘yiniga may oyidanoq qo‘shilgan edi. Yangi qo‘shilgan Datch esa Shvarseneggerning ayni kuchga to‘lgan yoshlik davridan olingan.

Bundan tashqari, Predator: Hunting Grounds mulliflari o‘yinga yangi auditoriyani jalb etish maqsadida uni vaqtincha bepul qilishdi. Ya’ni, PlayStation 4 pristavkalari egalari uni 27 avgustdan 30 avgustgacha tekinga o‘ynashlari mumkin.

Demak, mana bu havola orqali o‘tib, mashhur film asosidagi jangovar o‘yinni o‘zingiz sinab ko‘ring va PlayStation 4 konsolidan foydalanuvchi do‘stlaringizga ham bu xabarni yetkazing!

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!