Sichqonchasi klaviaturaning o‘zida joylashgan ilk noutbuk taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  469
  •  02.06.2021 15:54

Sichqonchasi klaviaturaning o‘zida joylashgan ilk noutbuk taqdim etildi

Prestigio va Clevetura kompaniyalari 14 dyuymlik ekranga ega, Intel protsessori o‘rnatilgan yangi noutbukni taqdim etdi. Uning xos jihati — kiritish moslamasi qayerda joylashganidir, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Bloger Apple ustidan kulib, mexanik klaviaturali MacBook Pro yaratdi (+video)

Ta’kidlashlaricha, bu – tachpadi (sichqoncha vazifasini bajaruvchi sensorli paneli) bevosita klaviaturaning o‘ziga o‘rnatilgan dunyodagi ilk noutbuk. Qurilma TouchOnKeys texnologiyasi bazasida qurilgan bo‘lib, u 2021 yildan sotuvga chiqariladi.

Ishlab chiqaruvchi vakillari bunday noutbukdan foydalanish qulayligini aytishmoqda: qo‘lni hadeb alohida tachpadga olib borishga hojat qolmas ekan.

TouchOnKeys‘da ham harakatlar xuddi odatiy tachpadniki kabi amalga oshadi. Faqat ma’lumotlarni kiritish maydoni ancha kattalashadi. Tachpad matnni kiritish tartibidan sensor boshqaruvga avtomat tarzda o‘tadi. Bu moslama kursor va ekrandagi ob’yektlarni surish, sahifalarni varaqlash (skrolling), ularning o‘lchamlarini o‘zgartirish, kompyuter ovozini va ekran yorug‘ligini boshqarish kabi imkoniyatlar beradi. Klavishlarning o‘zi esa qaychi mexanizmi bo‘yicha ishlaydi. Boshqariladigan klavishlarni yoritish tizimi ham bor.

O‘QING: 3—5 million so‘m oralig‘idagi noutbuklar narxlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!